Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 19-oktabr

Capuz — o‘zbekcha videolarga avtomatik subtitr qo‘yadigan ilova. Bu sahifa qaysi ma’lumotlar qayerga borishini va qancha saqlanishini tushuntiradi.

1. Video telefoningizdan chiqmaydi

Video faqat qurilmangizda qayta ishlanadi: tahrirlash va eksport telefonning o‘zida bajariladi. Serverga videoning faqat ovozi (siqilgan audio) yuboriladi.

2. Audio va subtitr matni

3. Hisob ma’lumotlari

4. To‘lovlar

To‘lov Click (my.click.uz) sahifasida amalga oshadi. Karta ma’lumotlari Capuz’ga kelmaydi — biz faqat to‘lov summasi, tarif, holati va Click tranzaksiya raqamini saqlaymiz (hisob-kitob uchun).

5. Qayerda qayta ishlanadi

So‘rovlar Cloudflare orqali o‘tadi va Capuz serverlarida (Hetzner Online GmbH serveri hamda loyiha egasining O‘zbekistondagi kompyuteri) qayta ishlanadi. Ma’lumot uchinchi shaxslarga sotilmaydi va berilmaydi, qonun talab qilgan holatlar bundan mustasno.

6. Hisobni o‘chirish

Ilovada: Profil → Hisobni o‘chirish. Hisob, kirish tokenlari va sarf tarixi darhol o‘chiriladi. To‘lov yozuvlari buxgalteriya uchun saqlanib qoladi, lekin hisobingizga bog‘lanmaydi.

7. Bolalar

Capuz 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallanmagan va ulardan ataylab ma’lumot to‘plamaydi.

8. O‘zgarishlar va aloqa

Siyosat o‘zgarsa, shu sahifa yangilanadi va sana o‘zgaradi. Savollar: [email protected]