Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 19-oktabr
Capuz’dan foydalanib, siz quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz.
1. Xizmat
Capuz o‘zbek tilidagi videolar uchun nutqni avtomatik matnga aylantiradi va subtitr qo‘yadi.
Ilova hozir sinov bosqichida: xizmat “boricha” taqdim etiladi, vaqti-vaqti bilan uzilishlar va
avtomatik matnda xatolar bo‘lishi mumkin. Subtitrni e’lon qilishdan oldin tekshirib chiqing.
2. Hisob
Subtitr yaratish uchun Sign in with Apple yoki Google orqali hisob kerak. Hisobingiz orqali bajarilgan
harakatlar uchun siz javobgarsiz.
- Hisob shaxsiy. Hisobni, jumladan pullik tarifni, boshqa odamlarga berish, ular bilan ulashish yoki
sotish taqiqlanadi.
- Bir vaqtda bitta qurilma. Hisobga yangi qurilmadan kirilsa, oldingi qurilmadagi sessiya avtomatik
yopiladi va u yerda qayta kirish kerak bo‘ladi.
- Qurilmani almashtirish cheklangan: 7 kun ichida ko‘pi bilan 3 marta. Limit tugasa,
yangi qurilmadan kirish 7 kunlik muddat o‘tgach ochiladi. Telefoningiz almashgan yoki yo‘qolgan bo‘lsa —
[email protected] ga yozing, yordam beramiz.
- Hisobni ulashish yoki limitlarni chetlab o‘tishga urinish aniqlansa, hisob ogohlantirishsiz
to‘xtatilishi mumkin; bunday holatda to‘langan summa qaytarilmaydi.
3. Tariflar va limitlar
- Free — bepul, haftasiga 3 ta video, har biri 60 soniyagacha; eksportda “capuz.uz” belgisi.
- Pro — 29 000 so‘m: kuniga 10 daqiqa, 3 tagacha video.
- Max — 49 000 so‘m: kuniga 60 daqiqa, 10 tagacha video.
- Ultra — 79 000 so‘m: kuniga 200 daqiqa, 20 tagacha video.
Pullik tarif to‘lovdan keyin 30 kun amal qiladi va avtomatik yangilanmaydi; shu tarifni qayta olsangiz
muddat uzayadi. Kun va hafta Toshkent vaqti bilan yangilanadi. Narx va limitlar o‘zgarishi mumkin —
bu allaqachon to‘langan muddatga ta’sir qilmaydi.
4. To‘lov va qaytarish
To‘lov Click orqali amalga oshadi. Xizmat bizning aybimiz bilan ishlamay qolsa yoki pul yechilib tarif
yoqilmasa — [email protected] ga yozing, muddat uzaytiriladi yoki pul qaytariladi.
Server xatosi bilan tugagan subtitr ishi limitdan yechilmaydi.
Capuz balansi va taklif kodi
- Do‘st kodini ro‘yxatdan o‘tgach 7 kun ichida kiritgan foydalanuvchi sovg‘a balans oladi; kod egasi do‘st birinchi
subtitrini yaratganda mukofot va do‘st har gal pul to‘laganda to‘lovning bir qismini balans sifatida oladi.
- Balans faqat Capuz tariflari uchun ishlatiladi, naqd pulga almashtirilmaydi va boshqa hisobga o‘tkazilmaydi.
- Bitta qurilmadan faqat bitta yangi hisob taklif qilinadi; oyiga mukofot beriladigan do‘stlar soni cheklangan.
Soxta hisoblar yoki aldov aniqlansa, mukofotlar bekor qilinadi.
- Mukofot miqdori va qoidalari oldindan e’lon qilingan holda o‘zgarishi mumkin; allaqachon berilgan balans saqlanadi.
5. Sizning kontentingiz
Videolaringiz va subtitrlar sizniki. Siz ularni qayta ishlash huquqiga ega ekaningizni tasdiqlaysiz.
Qonunga zid, boshqalarning huquqini buzadigan yoki zo‘ravonlikka chaqiruvchi kontent uchun Capuz’dan
foydalanish taqiqlanadi.
6. Javobgarlik
Capuz avtomatik matnning to‘liq aniqligiga kafolat bermaydi va undan foydalanish natijasidagi bilvosita
zararlar uchun javob bermaydi. Javobgarlik har qanday holatda oxirgi 30 kunda to‘langan summa bilan cheklanadi.
7. Bekor qilish
Hisobingizni istalgan vaqtda Profil’dan o‘chirishingiz mumkin. Shartlar jiddiy buzilsa, hisob to‘xtatilishi mumkin.
8. Aloqa
[email protected] · Maxfiylik: capuz.uz/privacy